s
USD: Rub: Eur:
2023-06-02 937

Fermer xo‘jalikka suv solig‘i noto‘g‘ri hisoblanganligi aniqlandi.

 

 

Urganch tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi “Ilxombek Rasulbek” fermer xo‘jaligi rahbari adliya boʼlimiga yozma ravishda murojaat qilib, unda viloyat soliq boshqarmasining 2022-yil iyunda fermer xo‘jaligida o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan soliqdan norozi bo‘lib, qonuniyligini o‘rganib berishda amaliy yordam berishni soʼragan.

Shunga asosan, bo‘lim tomonidan soliq boshqarmasining 2022-yil iyun oyida  “Ilxombek Rasulbek” fermer xo‘jaligida o‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvi bo‘yicha tekshirishga oid rasmiylashtirilgan hujjatlar o‘rganilganda, kameral soliq tekshiruvi davrida “Ilxombek Rasulbek” fermer xo‘jaligining 2021-yilda balansida haqiqatda jami 76,9 gektar ekin yer maydoni mavjud bo‘lsada, noto‘g‘ri ma’lumotlar asosida jami 114,7 gektar ekin yer maydoni mavjud, shundan
110,4 gektariga qishloq xo‘jaligi ekinlari joylashtirilgan deb xulosa qilinib, asossiz ravishda 110,4 gektar yer maydonlariga nisbatan suv resurslaridan foydalanganlik uchun suv hajmi 1 664 440 m3ni tashkil qilishi to‘g‘risida 2022-yil 29-iyul kuni 1227-sonli dalolatnoma tuzilgan va natijasi bo‘yicha “Ilxombek Rasulbek” fermer xo‘jaligiga nisbatan noto‘g‘ri 45 581 600 so‘m qo‘shimcha soliq hisoblangan.

Murojaatni o‘rganish natijasi bo‘yicha adliya bo‘limi tomonidan belgilangan tartibda sudga ariza bilan murojaat qilindi va Urganch  tumanlararo ma’muriy sudining 2023-yil 3-martdagi hal qiluv qaroriga asosan, viloyat soliq boshqarmasining “Ilxombek Rasulbek” fermer xo‘jaligida o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvida aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi materiallarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarori haqiqiy emas deb topildi va fermer xo‘jalik talabi qanoatlantirilishiga erishildi.

 Urganch tuman adliya bo‘limi

 boshlig‘i  S.Yavkachev

 

Мавзуга оид