s
USD: Rub: Eur:
2026-02-11 234

Ramazon oyi munosabati bilan ehtiyojmand aholiga moddiy yordam beriladi

 

“Muborak Ramazon oyida ehtiyojmand aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo'llab-quvvatlash choralari to'g'risida”gi Preident qarori (PQ–67-son, 17.02.2026-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, quyidagi toifadagi shaxslarga 1 mln so'mdan 1 martalik moddiy yordam ko'rsatiladi:

  • Ijtimoiy reyestrning “davlat ta'minotidagi oila” toifasidagi oilalarga;
  • o'zgalar parvarishiga muhtoj bo'lgan yolg'iz yashovchi hamda yolg'iz keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslarning reestridagi fuqarolarga;
  • yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar yashayotgan oilalarga.

Ijtimoiy reyestrning “kambag'al oila” toifasidagi hamda “mahalla yettiligi” tomonidan shakllantirilgan qo'shimcha ro'yxatdagi ehtiyojmand oilalarga 500 ming so'mdan 1 martalik moddiy yordam ko'rsatiladi.

Ijtimoiy reyestrdagi oilalarning 6 ming nafar bemor a'zolarining davolanishi va jarrohlik amaliyotini o'tkazish bilan bog'liq xarajatlari qoplab beriladi.

2026-yil 1-martga qadar Ro'yxat asosida oilalarning ijtimoiy karta yoki bank plastik kartalariga bir martalik moddiy yordam o'tkazib beriladi.

Ijtimoiy inspeksiyaning Xorazm viloyati boshqarmasi bosh mutaxassisi    M.M.Rustamov

Мавзуга оид