s
Muzey — muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash, o‘rganish hamda ommaga namoyish etish uchun mulkdor tomonidan tashkil etilgan doimiy faoliyat yurituvchi notijorat madaniyat muassasasi hisoblanadi.
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash;
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini aniqlash hamda to‘plash;
madaniy, ma’rifiy va ta’lim faoliyatini amalga oshirish;
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini o‘rganish;
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini e’lon qilish.
muzey tematikasiga muvofiq muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining mavjudligi;
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash hamda ommaga namoyish etish talablariga javob beradigan moddiy-texnik bazaning, shu jumladan bino (xona yoki xonalar), zarur ko‘rgazma jihozlari, muhofaza vositalari hamda yong‘inga qarshi vositalarning mavjudligi;
muzey faoliyatini ta’minlash uchun zarur moliyaviy mablag‘larning mavjudligi.
Mulk shakliga ko‘ra davlat va nodavlat muzeylari tashkil etilishi mumkin.
asosiy faoliyati muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash, o‘rganish hamda ommaga namoyish etishdan iborat bo‘lgan muzeylarga;
asosiy faoliyati tarixiy-madaniy qo‘riqxona va u bilan bog‘liq tabiiy landshaft tarkibiga kiradigan moddiy madaniy meros ob’ektlarini, shuningdek muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash, o‘rganish hamda ommaga namoyish etishdan iborat bo‘lgan muzey-qo‘riqxonalarga bo‘linadi.
Davlat muzeylarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Nodavlat muzeylarini moliyalashtirish ularning mulkdori mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Muzeylar qonunchilikda taqiqlanmagan. Ushbu Qonunda nazarda tutilgan muzeylarni tashkil etish maqsadlariga mos bo‘lgan faoliyat turlarini o‘z ta’sis hujjatlariga muvofiq amalga oshirishi mumkin. Bunda muzeylar tomonidan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining but saqlanishi ta’minlanishi kerak.
Muzeylar uchun imtiyozlar qonunchilikka muvofiq beriladi.
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan hamda muzeylarda turgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari fuqarolar kirib ko‘rishi uchun ochiqdir.
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan hamda muzeylarda turgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib ko‘rish quyidagi asoslarga ko‘ra cheklanishi mumkin:
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining but saqlanish holati qoniqarsiz bo‘lganda;
restavratsiya ishlari amalga oshirilayotganda;
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari muzey zaxiraxonasida bo‘lganda.
Tuproqqal’a tuman adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi Bosh yuriskonsulti Sadikova Manzura