s
USD: Rub: Eur:
2025-06-29 595

Ayblov xulosasi nima?

Ayblanuvchi va uning himoyachisini jinoyat ishidagi barcha materiallar bilan tanishtirib bo‘lgach, tergovchi, basharti ishni sudga yuborish uchun yetarli asoslar borligi to‘g‘risidagi fikri o‘zgarmagan bo‘lsa, ayblov xulosasi tuzadi.

Ayblov xulosasi tavsif-asoslantirish va xulosa qismlaridan iborat bo‘ladi. Tavsif qismida dastlabki tergovda aniqlangan holatlar: jabrlanuvchi, shuningdek ayblanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; ayblanuvchining aybdorligini tasdiqlovchi dalillar, ayblanuvchining o‘zini himoya qilish uchun keltirgan vajlari va ularni tekshirish natijalari bayon qilinadi.

Xulosa qismida ayblanuvchining shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltiriladi hamda e’lon qilingan ayblovning mazmuni Jinoyat kodeksining shu jinoyatni nazarda tutgan moddasi yoki moddalarini ham ko‘rsatgan holda bayon qilinadi.

Ayblov xulosasida bayon qilingan holatlarni tasdiqlovchi ish sahifalari ko‘rsatilishi kerak. Ayblov xulosasi qayerda va qachon tuzilganligi ko‘rsatilib, tergovchi tomonidan imzolanadi.

Hazorasp tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид