s
USD: Rub: Eur:
2024-06-25 256

Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish bilan bog’liq javobgarlik

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarik to’g'risidagi kodeksining 111-moddasiga ko‘ra Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, ya’ni ularni g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda qiynoqqa solish yoki ularga azob berish — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa yoxud ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxs hozirligida sodir etilgan bo‘lsa yoki hayvonlarning o‘limiga yoxud mayib bo‘lishiga olib kelsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi. 

 

Hazorasp tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Мавзуга оид