s
USD: Rub: Eur:
2023-12-29 647

Tibbiyot yo‘nalishi bitiruvchilari to‘liq stavkagacha ishlashi mumkin

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.10.2022 yilda “Davlat tibbiyot muassasalarini kadrlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish yeo‘g‘risida”gi 561-sonli qarori qabul qilingan.

Qarorga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida joriy o‘quv yilida:

barcha tibbiyot va OTMlarning “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Tibbiy-profilaktika ishi” yo‘nalishlari bitiruvchi kurslariga to‘liq stavkagacha oilaviy shifokor, tez tibbiy yordam shifokori va sanitariya bo‘limlarida shifokor sifatida;

barcha tibbiyot OTMlar, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilari mutaxassisliklari bo‘yicha to‘liq stavkagacha ishlashi mumkin.

"Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Tibbiy-profilaktika ishi” yo‘nalishlari bo‘yicha barcha bosqich talabalari fanlar va amaliy mashg‘ulotlarning nazariy qismini masofaviy o‘zlashtiradi.

Sog‘liqlni saqlash vazirligi shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlaydi va bosqichma-bosqich barcha hududlarda talabalarni vakant o‘rinlarga ishga joylashtiradi.

 

Yangiariq tuman adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish

markazi boshlig‘i                                                            U.Navruzov

Мавзуга оид