s
“Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (560-son, 24.10.2023-y.) qabul qilindi
Qarorga koʻra, quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:
elektr energiyasi maxsus tartibga koʻra yetkazib beriladigan isteʼmolchi korxonalar roʻyxatiga bojxona organlari kiritiladi;
invoys asosida eksport qilishda oldindan toʻlov 100 foizdan 50 foizga tushiriladi;
bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni yetarli darajada qayta ishlash mezoni asosida hosil qilingan qayta ishlash mahsulotini bojxona hududidan eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirgan holda olib chiqiladi.
Qo`shko`pir tumani adliya bo`limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti T.Rajabov