s
Qarorga muvofiq, ekologik auditorning malaka sertifikatini berish uchun malaka imtihonini tashkil etish, sertifikatni berish, ekologik auditorlar va ekologik auditorlik tashkilotlarining reestrlari yuritish bo‘yicha Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi vakolatli organ hisoblanadi.
Ma’muriy reglamentga ko‘ra, malaka sertifikatini berish bo‘yicha xizmatlar davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali ko‘rsatiladi.
Buning uchun talabgor:
Vakolatli organ murojaat kelib tushgan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida talabgorga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Malaka imtihoni kamida 3 nafar talabgordan iborat guruhning shakllanishiga ko‘ra, biroq har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi.
Imtihon test ko‘rinishida olinadi (jami 50 ta nazariy savol).
Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan shaxsga ekologik auditor malaka sertifikati berilib, sertifikat 5 yil muddatga amal qiladi.
Talabgorning murojaatini ko‘rib chiqish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun BHMning 1 baravari (330 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.
Reglamentga ko‘ra shuningdek, ekologik auditorlar har ikki yilda bir marta malaka oshirish kurslaridan o‘tishlari shart.
Tuproqqal’a tuman adliya
bo‘lim boshlig‘i
Boltaeva Shoira Xudayberganovna.