s
 
                            Ko‘pchilik xodimlar ishdan bo‘shayotganda menga ishxana tomonidan pul to‘lab berilishi kerakmi? degan savollar bilan bizga murojaat qilishadi. Mehnat kodeksida xodim ishdan bo‘shayotganda unga xodimning ish faoliyati bilan bog‘liq to‘lovlarni to‘lab berish belgilab qo‘yilgan.
Mehnat kodeksining 172-moddasiga asosan Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilinishi kerak.
Hisob-kitob xodimga:
Ya’ni xodim ishdan bo‘shayotganda ish beruvchi tomonidan unga yuqoridagi 3 turdagi pullar to‘lab berilishi kerak.
Bu pullar qachon to‘lanishi kerak?
Ish beruvchi tomonidan xodimga tegishli bo‘lgan barcha summalarni to‘lash xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda amalga oshiriladi.
O‘zi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimga mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keying davrda biror-bir to‘lovlar (oy, chorak, yil yakunlari bo‘yicha mukofotlar) hisoblangan taqdirda, ushbu to‘lovlar xodim tomonidan tegishli talab qo‘yilganidan keyin uch kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti M.Qo’ziboyev.