s
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari xodimlari uchun seminar tashkil etildi.
Ishtirokchilarga davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Amaliy misollar keltirildi.
Shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilari sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Gurlan tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i E.Raxmatillaev