s
“О‘zbekiston Respublikasi temir yо‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-329, 10.10.2023 y.) qabul qilindi
Qarorga kо‘ra, “О‘zbekiston temir yо‘llari” AJ va uning tarkibidagi korxonalar negizida 2024 yil 1 yanvargacha quyidagilar tashkil etiladi:
yо‘l xо‘jaligi, elektr ta’minoti, signallashtirish va aloqa, lokomotiv xо‘jaligi, yagona dispetcherlik markazi va yuk stansiyalari ish faoliyatini ta’minlash bо‘yicha “Temiryо‘linfratuzilma” AJ;
yuk tashish xizmatlarini amalga oshirish, yuk vagon va konteyner xо‘jaligini saqlash va rivojlantirish, multimodal “eshikdan eshikkacha” tashuvlarni yо‘lga qо‘yish, logistika markazlari va terminallarini tashkil etish bо‘yicha “Temiryо‘lkargo” AJ;
yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarda yо‘lovchilarni tashish xizmatini kо‘rsatish bо‘yicha “Temiryо‘lekspress” AJ;
“О‘ztemiryо‘lyо‘lovchi” AJ tarkibida vokzallar faoliyatini ta’minlash bо‘yicha “Temir yо‘l vokzallari” MCHJ va shahar atrofida yо‘lovchilar tashish bо‘yicha “Shahar atrofida yо‘lovchi tashish” MCHJ;
bolalar oromgohlari, sog‘liqni saqlash, madaniy-ma’rifiy va sport obyektlarini saqlash bо‘yicha “Temir yо‘l ijtimoiy xizmatlar” muassasasi.
Temir yо‘lda yuklarni mahalliy, eksport va import yо‘nalishlarida tashish tariflariga taqdim etilgan chegirmalar 2024 yil 1 yanvardan bekor qilinadi hamda ularni faqat Vazirlar Mahkamasi qarori bilan taqdim etish tartibi joriy etiladi (bundan ikki yoki undan kо‘p xorijiy mamlakatlarning temir yо‘l ma’muriyatlari bilan kelishuvlarga asosan taqdim etilgan chegirmalar mustasno).
2023 yil 1 dekabrgacha temir yо‘llarda yuklarni tashish tariflariga taqdim etiladigan chegirmalar rо‘yxati tasdiqlanadi.
2024 yil 1 yanvardan yuk vagonlari va konteynerlarni taqdim etish hamda yuqori tezlikda harakatlanadigan va tezyurar poyezdlarda yо‘lovchilarni tashish xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechiladi va ularni bozor tamoyillari asosida tartibga solish mexanizmiga о‘tiladi.
2025 yil 1 yanvardan mahalliy yо‘nalishlarda yо‘lovchilarni tashish xizmatlarini (yuqori tezlikda harakatlanadigan va tezyurar poyezdlarda yо‘lovchilarni tashish bundan mustasno) kо‘rsatishdan kо‘rilgan zararlar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan temir yо‘l transportida yuk tashish xizmatlariga berilgan chegirmalar Davlat byudjeti hisobidan kompensatsiya qilinadi.
2027 yil 1 yanvargacha temir yо‘l transporti xizmatlarini kо‘rsatuvchi korxonalar tomonidan olib kiriladigan ortish-tushirish ishlari uchun mо‘ljallangan mexanizm va uskunalarga bojxona bojining nol stavkasi qо‘llaniladi.
2026 yil 1 yanvargacha “О‘zbekiston temir yо‘llari” AJ va uning tarkibidagi korxonalarga о‘zaro tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri shartnomalar asosida tovarlarni sotish, ijaraga berish, xarid qilish, yetkazish, ish (xizmat)larini bajarishga ruxsat beriladi.
Xonqa tuman
Tezyurar poyezdlarda yо‘lovchilarni tashish tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechiladi

Xonqa tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
boshlig‘i A.Boltyaev
i adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
boshlig‘i A.Boltyaev