s
Mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonuniy ravishda kirib kelgan chet el fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir tasdiqnoma asosidagina amalga oshirish huquqiga ega, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno.
Ish beruvchi O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonuniy ravishda kirib kelgan chet el fuqarolari bilan mehnat shartnomalarini tuzishga ularda O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir tasdiqnoma mavjud bo‘lgan taqdirdagina haqli, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonuniy ravishda kirib kelgan chet el fuqarolari bilan o‘rindoshlik shartlari asosidagi mehnat shartnomalari faqat ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir alohida tasdiqnoma olingan taqdirdagina tuzilishi mumkin. Yuqori malakali mutaxassislar va malakali mutaxassislar bilan o‘rindoshlik shartlari asosida mehnat shartnomalarini tuzishning o‘ziga xos xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksning 526-moddasida belgilangan. https://lex.uz/ru/docs/-6257288
O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir tasdiqnomani berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hazorasp tuman adliya bo`limi yuridik xizmat ko`rsatish markazi boshlig`i A.Matyokubov