s
USD: Rub: Eur:
2024-06-29 688

O‘qituvchiga vaqtincha ishda bo‘lmagan pedagogning sinf rahbarligi yuklatilsa, unga qancha miqdorda qo‘shimcha haq to‘lanishi kerak

 

O‘qituvchiga biriktirilgan sinf va sinf rahbarligi qo‘shimcha haq to‘lanadigan to‘lovlar tarkibiga kiradi. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarorining 4-bandiga ko‘ra sinf rahbarligi uchun qo‘shimcha haq sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra belgilangan miqdorlar bo‘yicha hisoblanadi.

Shuningdek, "Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida"gi nizomning 23-band, 12-xatboshiga ko‘ra vakant sinf rahbarligi bo‘yicha qo‘shimcha haq to‘lovlari sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra belgilangan miqdorlarda hisoblanishi nazarda tutilgan.

Demak, ta’lim muassasasidagi vakant yoki vaqtincha ishda bo‘lmagan xodimning sinf rahbarligi boshqa bir o‘qituvchiga yuklatilgan taqdirda sinf rahbarligi to‘lovining 50 foizi emas, aksincha sinfdagi o‘quvchilar sonidan kelib chiqadigan summaning 100 foizi to‘lab berilishi lozim.

Bunda sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra sinf rahbarligi uchun quyidagi miqdorda qo‘shimcha haq to‘lab berilishi lozim:

➖15 nafar o‘quvchigacha — 258 ming 720 so‘m;

➖16 nafardan 20 nafar o‘quvchigacha — 309 ming 680 so‘m;

➖21 nafardan 25 nafar o‘quvchigacha — 361 ming 620 so‘m;

➖26 nafardan 30 nafar o‘quvchigacha — 412 ming 580 so‘m;

➖31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda — 517 ming 440 so‘m.

 

Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti   Sh.Po’latov

Мавзуга оид