s
USD: Rub: Eur:
2023-11-17 745

Xodimning mehnat daftarchasiga o‘rindoshlik asosidagi ishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish

Xodimning yozma arizasiga ko‘ra, o‘rindoshlik asosidagi ish joyidan berilgan ma’lumotnoma asosida asosiy ish joyidagi ish beruvchi tomonidan xodimning mehnat daftarchasiga ish davrlarini ko‘rsatgan holda o‘rindoshlik asosidagi ish to‘g‘risida yozuv kiritiladi.

  • O‘rindoshlik asosidagi ish joyidan beriladigan ma’lumotnomaning shakli O‘zbekiston Respublikasi kamabag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
  • O‘rindoshlik asosidagi ish joyidan berilgan ma’lumotnoma asosiy ish joyida saqlanadi.

Ichki o‘rindoshlik chog‘ida xodimning mehnat daftarchasiga yozuv uning yozma arizasi asosida kiritiladi.

Qo`shko`pir tumani adliya bo`limi

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti R.Timofeyeva

 

 

Мавзуга оид