s
USD: Rub: Eur:
2021-09-07 789

2 tup archa daraxtini kesgan fuqaro 2,5 million jarimaga tortildi.

Joriy yil 2-sentyabr sanasida Urganch shahar 37-son "Jaloliddin Manguberdi" mahallasi hududida 2 tup daraxti kesilganligi yuzasidan Xorazm viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig'iga murojaat qilingan.Shu kunning o'zida Xorazm viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Urganch shahar bo'limi boshlig'i U.Jumaniyozov va davlat inspektori J.G'aziev tomonidan murojaat o'rganilib,huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs bilan dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Dalolatnomada fuqaro Sh.B. O'zbekiston Respublikasining "Tabiatni muhofaza qilish to'g'risidagi" qonunning 21-moddasi hamda "O'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risidagi" qonuni 37-moddasini buzgan,bu bilan O'zbekiston Respublikasi MJTKning 79-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi qayd etilgan.

Qoraqolpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati iqlimi o'ziga hosligini inobatga olsak,bu hududlarda har bir daraxtning o'rni bebaho.Hurmatli fuqarolarimizdan aholi muhit va ekologiyaga e'tiborli bo'lishlarini,qonunbuzarliklarga yo'l qo'yilgan holatlar guvohi bo'lsangiz faol bo'lishga chaqirib qolamiz.

Urganch shahrida daraxt kesilishiga guvoh bo'ldingizmi? Qo'ng'iroq qiling : 62-224-14-89

O'zbekiston Ekologik partiyasi Xorazm viloyat partiya tashkiloti matbuot xizmati

Мавзуга оид