s
USD: Rub: Eur:
2025-09-29 686

2025-yil 1-dekabrdan boshlab fuqarolardan quyidagi hujjat va ma'lumotlarni talab qilish bekor qilinadi:

 nikohni rasmiylashtirishda — tibbiy ko'rik natijalarini taqdim qilish;

 FHDY organi tomonidan sud qarori bilan nikohdan ajratishni qayd etishda — sud qarorini taqdim qilish;

 tegishli mudofaa organlariga  — chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarning turar joyi, o‘qish joyi, ish joyi va lavozimida o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qilish;

 avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasida — mulkdorning manzilini ko‘rsatish talabi bekor qilinadi.

Ushbu turdagi ma'lumot va hujjatlar "Raqamli hukumat" tizimi orqali mas'ul davlat organlari tomonidan taqdim etiladi.                        Xiva tuman YXKM bosh yuristkonsulti M.M.Boyjonov

Мавзуга оид