s
USD: Rub: Eur:
2023-11-27 631

Yangi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati.

Ma’lumki, yangi Konstitutsiyamiz 2023-yil 30-aprel kuni umumxalq ovoz berish yo‘li orqali qabul qilindi. Undagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, normalar soni 275 tadan 434 taga oshdi, inson huquqlariga oid normalar esa 3,5 baravarga oshirildi va Konstitutsiyamiz  65 foizga  xalqimiz  takliflari asosida yangilandi.  

Ushbu o‘zgarishlarning aksariyati mazmun-mohiyatiga ko‘ra “inson-jamiyat-davlat”, “Yangi O‘zbekiston-ijtimoiy davlat”  degan tamoyillarni konstitutsiyaviy qoida sifatida  muhrlashga, xalqparvar davlat paydo etishga, inson huquqlarining himoyasi va ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga, yoshlarning huquq va manfaatlarini  to‘la ta’minlashga  qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Konstitutsiyada   O‘zbekiston   suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekani qat’iy belgilab qo‘yildi. Ijtimoiy davlat sifatida insonga e’tibor  hamda g‘amxo‘rlik davlat va jamiyatning  eng asosiy burchi ekani mustahkamlandi. Kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish kabi  davlat majburiyatlari belgilandi. Davlatning ijtimoiy sohaga oid majburiyatlari  bilan bog‘liq normalar  3 barobar ko‘paytirildi. Har kimning uy-joyga ega bo‘lishi,  hech kim sud qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi belgilandi. Malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, ta’lim olish huquqi va imkoniyatlari kengaytirildi. O‘qituvchilar konstitutsiyaviy maqomga ega bo‘ldi.

 

 

. Tuproqqal’a  tuman  adliya  bo‘limi FHDY bo‘limi mudirasi L.Xudayarova

 

Мавзуга оид