Bugun, 10-fevral kuni Urganch davlat universitetida keng jamoatchilik va OAV vakillari, blogerlar uchun Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalarining yotoqxona bilan ta’minlanishi yuzasidan matbuot anjumani hamda press-tur tashkil etildi.

Unda Urganch davlat universiteti birinchi prorektori D.Ibadullayev, TTA Urganch filiali direktor oʻrinbosari I.Yusupov, TATU Urganch filiali matbuot kotibi Z.Qabulova, Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali direktor oʻrinbosari O.Saparboyev, Maʼmun universiteti birinchi prorektori Sh.S.Tabib oʻgʻli hamda Urganch Ranch texnologiya universiteti birinchi prorektori O.Xudayberganov singari Xorazm viloyatidagi davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalarining bir guruh masʻullari ishtirok etib, OAV lari vakillari, blogerlarga oʻz oliy taʼlim muassasalarida talabalarni yotoqxona bilan taʼminlanishi, yaratilgan sharoitlar yuzasidan axborot berdilar.


Matbuot anjumanida Xorazm teleradiokompaniyasining muhbirlari, UzA Milliy axborot agentligi muhbirlari, oliy taʼlim muassasalarining axborot xizmati rahbarlari hamda blogerlar savollar bilan ishtirok etdilar.


Bugungi kunda universitetda 3 500 sig‘imga ega 7 ta talabalar turar joyi mavjud. Talabalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 2023-yil 14-sentabr sanasidan Urganch davlat universitetining Urganch tumani “Mustaqillik” koʻchasida joylashgan hududida yangi talabalar turar joyining qurilish ishlari olib borilmoqda. Ushbu talabalar turar joyi 7 qavatdan iborat boʻlib, 600 oʻringa moʻljallab qurilmoqda.

Matbuot anjumanidan soʻng, OAV lari vakillari, blogerlar uchun Urganch davlat universiteti talabalar turar joylariga press-tur tashkil etildi.





Urganch davlat universiteti Matbuot xizmati
