s
USD: Rub: Eur:
2023-11-27 358

Chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik vakolatxonalar rahbarlarini tayinlash va ularni nazorat qilish bo‘yicha Senat qanday konstitutsiyaviy vakolatlarga ega bo‘ldi?

O‘zbekiston tashqi siyosatda dunyodagi barcha davlatlar bilan do‘stlik munosabatlarini rivojlantirishga ustuvor eʼtibor qaratmoqda. So‘nggi yillarda tashqi siyosatni muvofiqlashtirish hamda nazorat qilishda parlamentning roli oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik vakolatxonalari o‘zi ishlab turgan mamlakatda yoki xalqaro tashkilotda O‘zbekiston Respublikasini manfaatlarini ifodalash, respublika fuqarolari va yuridik shaxslarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ilgari surish maqsadida tashkil qilinadi.

Shu maʼnoda, yangilangan Konstitutsiyamizning 95-moddasida Prezidenti taqdimiga binoan chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish, shuningdek ularning o‘z faoliyati masalalari bo‘yicha hisobotlarini eshitishga oid qoida kiritildi.

Mazkur normalar Asosiy qonunga nima sababdan kiritilmokda?

Birinchidan, amaldagi tahrirda chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash hamda lavozimidan ozod etish nazarda tutilgan bo‘lib, bunda “diplomatik va boshqa vakillari” tushunchasi juda keng hisoblanadi. Shu sababli, Senat tomonidan faqat chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarini lavozimga tayinlanishi va lavozimidan ozod etilishi aniq belgilab berilmoqda.

Ikkinchidan, parlamentning nazorat vakolatlarini kengaytirish bo‘yicha Senat tomonidan diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitish ham aniq belgilandi. Mazkur norma o‘z faoliyati haqida vakolatxonalar rahbarlarining axborotini Senatda eshitish va muhokama qilishga asos bo‘ladi.

Hozirgi kunda O‘zbekistonning chet davlatlar va xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari soni 55 ta bo‘lib, shulardan: elchixonalar – 37 ta, bosh konsulliklar – 17 ta, konsullik – 1 ta, doimiy vakolatxonalar – 3 ta.

Mazkur norma O‘zbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi obro‘si va ijobiy imidjini mustahkamlashga, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, shuningdek, xorijiy davlatlarda yashayotgan, ishlayotgan va o‘qiyotgan vatandoshlarimiz bilan aloqalarni rivojlantirishga imkon beradi.

 

Tuproqqal’a tuman Yuridik

xizmat ko`rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                               Eshchanov Ixlosbek Ilhom o`g`li

Мавзуга оид