s
USD: Rub: Eur:
2025-06-29 812

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar necha pul bo‘ladi?

 

 

O‘zbekistonda 1 avgustdan bazaviy hisoblash miqdori 10 foizga — 375 ming so‘mdan 412 ming so‘mga oshiriladi. U soliqlar, yig‘imlar, bojlar, jarimalar va davlat xizmatlari uchun to‘lovlar miqdorini aniqlashda qo‘llaniladi.

Shu tariqa, xuddi shu sanadan boshlab yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarning quyidagi miqdorlari qo‘llanadi:

▪️ xavfsizlik kamarini taqmaganlik uchun jarima — 206 ming so‘m;

▪️ dori qutisi, nimcha, o‘t o‘chirgich, avariya to‘xtash belgisi va texnik ko‘rikdan o‘tmaganlik uchun jarima — 206 ming so‘m;

▪️ yo‘l belgilari talablariga rioya qilmaslik, piyodalar yo‘lakchasida harakatlanish uchun jarima — 206 ming so‘m;

▪️ hujjatsiz yurganlik uchun jarima — 412 ming so‘m;

▪️ sug‘urtasiz yurganlik uchun jarima — 412 ming so‘m;

▪️ qizil chiroqda o‘tganlik uchun jarima — 1 mln 236 ming so‘m;

▪️ belgilanmagan joyda to‘xtash uchun jarima — 824 ming so‘m;

▪️ rulda telefondan foydalanganlik va gaplashganlik uchun jarima — 1 mln 236 ming so‘m;

▪️ davlat raqamisiz yurganlik uchun jarima — 2 mln 60 ming so‘m;

▪️ tezlikni soatiga 20 kilometrdan oshirganlik uchun jarima — 412 ming so‘m;

▪️ tezlikni soatiga 20 kilometrdan 40 kilometrgacha oshirganlik uchun jarima — 2 mln 60 ming so‘m;

▪️ tezlikni soatiga 40 kilometrdan oshirganlik uchun jarima — 3 mln 708 ming so‘m;

▪️ qarama-qarshi harakatlanish bo‘lagiga chiqish uchun jarima — 4 mln 120 ming so‘m;

▪️ mastlik holatida tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortganlik uchun jarima — 6 mln 180 ming so‘m va 3 yilgacha haydovchilik huquqidan mahrum qilish;

▪️ mast holda transport vositasini boshqarish uchun jarima — 10 mln 300 ming so‘m va 3 yilgacha haydovchilik huquqidan mahrum qilish;

▪️ tusi o‘zgartirilgan oynali (tonirovkali) transport vositasidan ruxsatnomasiz foydalanganlik uchun jarima — 10 mln 300 ming so‘m;

▪️ oynalari qoraytirilgan transport vositasidan ruxsatnomasiz bir yil davomida takroran foydalanganlik uchun jarima — 8 mln 240 ming so‘m.

Shuningdek, O‘zbekistonda 1 iyuldan pensiya, nafaqalar, 1 avgustdan esa ish haqi hamda stipendiyalar 10 foizga oshirilishi belgilandi.

Tuproqqal’a tuman adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi Bosh yuriskonsulti  Urazbayev Tursunboy

Мавзуга оид