s
                            02.06.2023 yilda Xonqa tuman Durgadik mahallasida Respublika ishchi guruhining ommoviy qabuli bo'lib o'tdi.
Ushbu qabulda Xonqa tuman adliya bo'limi davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Xususan, 4 ta fuqarolarga ERI kaliti, 2 ta fuqarolar sanatoriyalarda davolanishga yo'llanma berish uchun, 4 fuqarolarga bolalarini maktabgacha ta'lim tashkilotiga joylashtirish uchun, 3 ta fuqaroning Ko'chmas mulk obyektlariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishga ariza yuborildi, 1 fuqaroga gaz tarmog'iga ulanishga, 3 ta fuqaroga ruhiy va narkologiya dispanserda turmasligi bo'yicha va sudlanganlik (yoki sudlanmaganlik) yusaidan ma'lumotnoma berildi. Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi rahbarlari va Xonqa tuman Adliya bo'limi tomonidan bir guruh fuqarolarga o'zlari qiynayotgan muammolar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.