s
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Xorazm viloyati hokimligi, Xorazm viloyatida faoliyat koʼrsatuvchi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʼyicha vakil devoni hamda Savdo sanoat palatasining Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi bilan birgalikda, joriy yilning 15 may kuni Urganch tumani “Qoramon qishlogʼi”da (Madaniyat saroyi yonida) ochiq havoda karantin qoidalariga rioya etilgan holda tadbirkorlik subʼektlari bilan ularning faoliyatidagi muammolarni hal qilish hamda ularga amaliy yordam berish maqsadida sayyor qabullar oʼtkazish rejalashtirilgan.
Faoliyatida muammolarga duch kelayotgan barcha tadbirkorlik subʼektlari 15 may kuni Urganch tumani “Qoramon qishlogʼi” (Madaniyat saroyi oldida) soat 09:00 dan 12:00 ga qadar oʼtkaziladigan sayyor qabulda qatnashishlari mumkin.