s
USD: Rub: Eur:
2023-12-29 887

Bilasizmi

Ichki ishlar organi xodimi quyidagi hollarda elektroshok qurilmalarini qo'llash huquqiga ega:

 

fuqaroga yoki ichki ishlar organi xodimiga qilingan hujumni qaytarish uchun;

 

jinoyatga yoki ma'muriy huquqbuzarlikka chek qo'yishda;

 

ichki ishlar organi xodimiga qarshilik ko'rsatilishiga chek qo'yishda;

 

jinoyatni sodir etishda yoki uni sodir etganidan keyin darhol ko'rib qolingan, yashirinishga urinayotgan shaxsni ushlashda;

 

ushlab turilgan shaxslarni va qamoqqa olingan, ma'muriy qamoqqa olingan shaxslarni olib borish, qo'riqlab borish va qo'riqlashda, shuningdek qochishga urinishini, atrofdagilarga yoki o'ziga zarar yetkazishini bartaraf etish maqsadida;

 

zo'ravonlik bilan ushlab turilgan shaxslarni, egallab olingan binolarni, xonalarni, inshootlarni, transport vositalarini va yer uchastkalarini ozod qilishda.

 

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

 

 

Мавзуга оид