s
USD: Rub: Eur:
2023-11-05 882

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bir qator soliqlardan ozod etiladi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ–857) bilan Soliq kodeksining 483-moddasiga qo‘shimcha kiritildi

Shunga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvargacha O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy bo‘linmalari, “O‘zbekiston Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi, O‘zbekiston futbol hakamlari markazi va professional futbol klublari quyidagi soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi:

  • barcha turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno);
  • o‘zi jalb qilgan chet el mutaxassislari va futbolchilarining daromadlaridan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini;
  • O‘zbekistonga olib kiriladigan, O‘zbekistonda o‘xshashi ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari va inventari, translyatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, inventar va texnika, farmakologiya tovarlari, sport oziq-ovqatlari, futbol (futzal) maydonlari uchun sun’iy o‘tlar, shokpad, granulalar, maxsus yelimlar va maxsus professional sport kiyim-boshlari, transport vositalari, shu jumladan maxsus transport vositalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini.

 

Urganch tuman adliya bolimi  

yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti                  J. Abdukarimov

 

Мавзуга оид