s
USD: Rub: Eur:
2024-06-25 734

Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazganlik qanday jinoiy javobgarlik mavjud ?

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasiga ko‘ra  Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish bu sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish natijasida ko‘rish, so‘zlash, eshitish qobiliyatini yo‘qotish yoxud biron a’zoning ishdan chiqishi yoki uning faoliyati tamoman yo‘qolishiga, ruhiy holatining buzilishiga yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda buzilishiga, umumiy mehnat qobiliyatining o‘ttiz uch foizidan kam bo‘lmagan qismining doimiy yo‘qolishiga yoki homilaning tushishi yoxud badanning tuzalmaydigan darajada xunuklashishiga sabab bo‘lsa va ushbu Kodeksning  nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa, —

uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O’g’irlashtiruvchi hollatlar ham keltirilgan

Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish:

1) homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;

2) o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan;

3) o‘ta shafqatsizlik bilan;

4) ommaviy tartibsizliklar jarayonida;

5) tamagirlik niyatida;

6) bezorilik oqibatida;

7) millatlararo yoki irqiy adovat zamirida;

8) diniy taassublar zamirida;

9) bir guruh shaxslar tomonidan;

10) qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib sodir etilgan bo‘lsa, —

besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

Hazorasp tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Мавзуга оид