s
USD: Rub: Eur:
2024-09-28 386

Yer uchastkasini olib qo‘yish tartibi.

Yer uchastkalarini olib qo'yish tartibi O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksi hamda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 noyabrdagi 911-son qarori talablari asosida amalga oshiriladi.

Ushbu qonun hujjatlariga ko'ra, yer uchastkasi yoki uning bir qismi (keyingi o'rinlarda yer uchastkasi deb ataladi) davlat va jamoat ehtiyojlari, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun olib qo'yilishi Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashlari qaroriga binoan amalga oshiriladi.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkasi olib qo'yilishi haqidagi qarorni qabul qilishga faqat O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlariga asosan yo'l qo'yiladi.

Ko'chmas mulk ob'ektini buzib tashlash to'g'risidagi qaror Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimlari tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashlarining yer uchastkasi olib qo'yilishi to'g'risidagi qarori asosida tashabbuskor hamda mulkdor o'rtasida Kelishuv tuzilganidan hamda Kelishuvda nazarda tutilgan kompensatsiya berilganidan so'ng qabul qilinadi, qurilayotgan ko'chmas mulkni kompensatsiya sifatida berish hollari bundan mustasno.

Ko'chmas mulk ob'ektini buzib tashlash to'g'risidagi qaror loyihasi adliya organlari tomonidan ko'rib chiqilishi va tegishli xulosa berilishi lozim.

Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Мавзуга оид