s
USD: Rub: Eur:
2024-03-20 817

TEMIR DAFTARGA KIMLAR KIRITILADI ?

Hukumatning 250-son qaroriga ilova qilingan "Vaqtinchalik tartib"ga asosan, har bir sektor bo‘yicha mahallabay “Temir daftar”ga quyidagi toifadagi oilalar kiritiladi:

  •  Belgilangan tartibda kam ta’minlangan oila deb e’tirof etilgan oilalar;
  •  Ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan a’zolari mavjud oilalar;
  •  Kam ta’minlangan yakka-yolg‘izlar va keksalar;
  •  Boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand oilalar;
  •  Ko‘p (4 va undan ortiq) farzandli moddiy ko‘makka muhtoj oilalar;
  •  Mehnatga layoqatli ishsiz a’zolari mavjud ehtiyojmand oilalar;
  •  Tibbiy yordamga muhtoj ehtiyojmand oilalar
  •  Noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o‘zi yoki birgalikda yashovchi oila a’zolarining nomida turar joy bo‘lmagan ehtiyojmand oilalarga

 

Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti       G’.Davlatboyev

Мавзуга оид