s
USD: Rub: Eur:
2024-06-29 421

O‘qish va ishni birga olib borayotgan xodimga barcha shart-sharoitlar yaratib berilishi zarur

Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrda qabul qilingan "Xalq ta'limi xodimlari mehnatiga haq to'lashning tako millashtirilgan tizimini tasdiqlash to'g'risi da"gi qaroriga muvofiq, oliy ta'lim muas sasasining kunduzgi, kechki, sirtqi ta'lim shakllarining pedagogika yo'nalishlarida o'qiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab oʻqishiga xalaqit bermagan umumta'lim muassasalarida asosiy ish joyi sifatida ishlashi mumkin. Bunda ularga oʻrta maxsus, kasbiy ma'lumotga ega boʻlgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgila nadi. Mazkur qoida hukumatning 2018-yil 5-yan vardagi "Davlat maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibini takomillashtirish to'gʻrisida"gi qarorining 72-bandida ham qayd etilgan. Qolgan hollarda esa nopedagogik faoliyat bilan shugʻullanishda kursning ahamiyati mavjud emas. Ishni oʻgish bilan birgalikda olib borayotgan talalablari boʻlgan tashkilotlar oʻz xodimlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berishlari zarur. Jumladan, Mehnat kodeksining 383-moddasida mehnat shartnomasi boʻyicha ishdan ajralmagan holda ta'lim tashkilotlarida tahsil olib, oʻquv rejasini bajarayotgan xodimlarga ish joyi boʻyicha oʻrtacha ish haqi saglangan holda oʻquv ta'tili, qisqartirilgan ish haftasi hamda mehnat to'gʻrisidagi qonunchilik da va mehnat hagidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan oʻzga kafolatlar berilishi ta'kidlangan.

Mehnat shartnomasi bo'yicha ta'lim tashkilotlarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʻgiyotgan larga yillik mehnat ta'tillarini ish beruvchi, ularning xohishiga koʻra, bakalavriat talabalari uchun davlat attestatsiyasi va bitiruv malaka ishini himoya qilish, magistratura talabalari uchun magistrlik dissertatsi yasini himoya qilish vaqtiga yoxud imtihonlar hamda laboratoriya-imtihon sessiyalari vaqtiga to'gʻrilab berishi shart. Kechki yoki sirtqi ta'lim shakli boʻyicha ta'lim olayotgan xodimlar uchun belgilangan kafolatlar esa Unga binoan, oliy ta'lim tashkilotlarida kechki ta'lim Mehnat kodeksining 385-moddasida qayd etilgan. shaklida o'qiyotgan birinchi va ikkinchi kurs talaba lariga-kamida yigirma kalendar kun, oʻrta maxsus, kasb-hunar ta'limi tashkilotlarida- kamida o'n kalen dar kun, oliy va oʻrta maxsus ta'lim tashkilotlarida sirtqi ta'lim shaklida oʻqiyotganlarga esa-kamida oʻttiz kunlik oʻquv ta'tili beriladi. Oliy ta'lim tashkilot larida kechki ta’lim shaklida uchinchi va undan yugori kurslarda oʻqiyotganlarga-kamida oʻttiz kalendar kun, oʻrta maxsus, kasb-hunar ta'limi tashkilotlarida kamida yigirma kalendar kun, oliy va oʻ'rta maxsus ta'lim, kasb hunar ta'limi tashkilotlarida sirtqi ta'lim shaklida oʻqiyotganlarga esa kamida qirq kalendar kun muddatga oʻrtacha ish hagi saqlangan holda har yili beriladi. Ishni oʻqish bilan birga olib borayotgan xodimlarga navbatdagi mehnat ta'tillari ular oʻquv ta'tillaridan foydalanganligidan qat'i nazar beriladi. Shuningdek, ish beruvchi oliy ta'lim tashkilotlarida sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan xodimlarga laboratori ya-imtihon sessiyasida ishtirok etish uchun ta'lim tashkiloti joylashgan yerga borishi va u yerdan qaytib kelishi uchun yiliga bir marta yoʻlkira haqining ellik foizidan kam boʻlmagan miqdorini toʻlaydi. Davlat attestatsiyasidan oʻtish uchun boʻlsa xuddi shunday miqdorda yoʻlkira haqi toʻlanadi. Ish beruvchi tashkilotlarda talaba boʻlmagan, lekin mehnat faoliyatini yoki pedagogik faoliyatni ilmiy ish bilan birga olib borayotgan shaxslarga asosiy ish joyida oʻrtacha ish haqi va lavozimi saqlangan holda falsafa doktori ilmiy darajasini olishga doir dissertatsiyani yakunlash uchun hamda darsliklar va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar qoʻlyozmalarining mualliflariga- uch oygacha, fan doktor ilmiy dara jasini olishga doir doktorlik dissertatsiyani yakunlash uchun-olti oygacha muddatga ijodiy ta'tillar beriladi.

 

Shovot tumani Аdliya boʻlimi  YXKM

bosh yuriskonsulti I.Rahimberganov

Мавзуга оид