s
«Xodim 5 avgust kuni ishga qabul qilindi. U ish yili davomida bir necha marotaba ish haqi saqlanmaydigan taʼtilga chiqdi. Bunday taʼtilning jami davomiyligi 25 kunni tashkil qildi. Xodimga navbatdagi mehnat taʼtilini taqdim qilish maqsadida ushbu davr davomidagi ish stajini qanday hisobga olish kerak? Ish yili ish haqi saqlanmaydigan taʼtilda boʼlish kunlari soniga uzaytiriladimi?».
– Mehnat taʼtilini taqdim qilish maqsadida ish staji umumbelgilangan tartibda hisobga olinadi (MK 226-m. 1-q).: ish haqi saqlanmaydigan 2 haftalik taʼtil ish stajiga kiritiladi, qolgan vaqt esa kiritilmaydi.
Bunda jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomasi, ichki hujjatlar, mehnat shartnomasining shartlarida har yilgi asosiy mehnat taʼtili olish huquqini beruvchi, davomiyligi 2 hafta va undan ortiq boʼlgan taʼtil vaqtini mehnat taʼtiliga kiritish nazarda tutilishi mumkin (MK 226-m. 1-q. 8-xatboshi). Shuning uchun har ehtimolga qarshi tashkilotingiz xodimlariga bunday kafolat oʼrnatilganmi-yoʼqmi tekshirib koʼring. Аgar u oʼrnatilmagan boʼlsa, u holda umumiy tartibda harakat qiling va mehnat taʼtili olishga huquq beradigan, 2 haftadan oshadigan ish haqi saqlanmaydigan taʼtil kunlarini ish stajidan chegirib tashlang.
Ish yili hisobining boshlangʼich qiymati har yilgi mehnat taʼtilini olishga huquq beruvchi ish stajiga kiritilmagan ish haqi saqlanmaydigan taʼtil kunlari soniga koʼchiriladi.
Аgar siz xodimga 2 haftadan koʼproqqa ish haqi saqlanmaydigan taʼtil rasmiylashtirayotgan boʼlsangiz, u holda har yilgi mehnat taʼtili olishga huquq beruvchi uning stajidan 14 kundan oshadigan kunlar sonini chegirib tashlashingiz kerak. Koʼrib chiqilayotgan holatda: 25 – 14 = 11 kun.
Аgar xodimning ish davri 5 avgustdan boshlangan boʼlsa, endi u 11 kunga suriladi va 16 avgustdan boshlanadi..
Tuproqqal’a tuman Yuridik
xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuriskonsulti Sadikova Manzura Rustamovna