s
                            O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qaroriga muvofiq fuqarolarning shaxsiy va mulkiy huquqlarini himoyalashni hamda davlat va jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda, fuqarolar hayotidagi muhim voqealar — tug‘ilish, nikoh tuzish, o‘lim va insonning muhim subyektiv huquqlari va majburiyatlarining yuzaga kelishi, o‘zgarishi va to‘xtatishiga sabab bo‘ladigan boshqa holatlarning vakolatli organlarda qayd etilishini belgilaydi.
Fuqarolik holatini qayd etish fuqarolarning huquq va burchlari paydo bo‘lishiga sabab bo‘lib xizmat qiluvchi hujjat (gerbli guvohnoma) berish uchun asos bo‘ladi. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishning ahamiyati shundaki, unga asosan FHDY organi tomonidan berilgan guvohnoma va unda ko‘rsatilgan faktning to‘g‘riligini tasdiqlovchi shaksiz dalil hisoblanadi.
Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma bolaning tug‘ilganligini, uning ota-onasi kim ekanligini tasdiqlovchi yagona hujjatdir.
Nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma — bu nikohdan o‘tgan shaxslarning er-xotinligini tasdiqlovchi va ular o‘rtasida o‘zaro huquq va majburiyatlarning vujudga kelganligini ifodalovchi hujjatdir.
Nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma nikohda bo‘lgan shaxslarning nikohi tugatilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
O‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma shaxsning o‘limini va uning huquqiy layoqati tugatilganligini tasdiqlovchi hujjat tushiniladi.
Tuproqqa’a tuman adliya
bo`limi FHDY bo`limi insprektori Xasanova Charos