s
USD: Rub: Eur:
2023-06-15 324

 Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarning dublikatini berish bo‘yicha yangi xizmat ishga tushirildi

 

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida 2020 — 2022-yillarda ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash sohalarini raqamli transformatsiya qilish dasturining 16-bandiga muvofiq oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim to‘g‘risidagi diplomlar dublikatini berish davlat xizmatini joriy etish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilindi

jismoniy shaxslar (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi)ga davlat xizmatlari markazlari va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali davlat namunasidagi ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni beruvchi O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi davlat va nodavlat oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar va professional ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda — ta’lim tashkiloti)ni tamomlagan, ma’lumotini tasdiqlovchi hujjati (diplom, sertifikat) yo‘qolgan yoki foydalanish uchun o‘zining asl holatini yo‘qotgan, familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgargan taqdirda, dublikat berish bo‘yicha davlat xizmati (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmati) ko‘rsatish xizmati ishga tushdi.

Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar va professional ta’lim olganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi rasmiy hujjatlar hamda uning dublikati bir xil yuridik kuchga ega bo‘ladi.

Ushbu Reglament harbiy oliy ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

  1. Davlat xizmati davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi hamda Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organlar) tomonidan ko‘rsatiladi.
  2. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda — ERI) majburiy tartibda qo‘llash orqali idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
  3. Davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasasi va akademik litsey diplomi dublikati O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi tomonidan, davlat va nodavlat kasb-hunar kollejlari va professional ta’lim muassasalari diplomi dublikati Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, davlat va nodavlat ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlar diplomi dublikati o‘z tizimiga kiruvchi ta’lim tashkilotlari bo‘yicha O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan beriladi.

Ushbu xizmatdan foydalanish uchun fuqarolar  Davlat xizmatlari markaziga shaxsan murojaat etadi yoki YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.

Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi va yig‘im to‘langanligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.

Vakolatli organ so‘rovnoma tushgan vaqtdan boshlab o‘n ish kuni mobaynida tegishli ta’lim muassasalari hamda Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan hujjatlar asosida oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim to‘g‘risidagi hujjat dublikatini o‘z imzosi va muhri bilan rasmiylashtiradi hamda bu haqida ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

Ariza beruvchi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat dublikatini vakolatli organdan olib ketadi.

Ariza beruvchining xohishiga ko‘ra, ta’lim to‘g‘risidagi hujjat dublikati vakolatli organ tomonidan pochta xizmati orqali yuborilishi mumkin.

Bunda vakolatli organ davlat xizmati natijasi tayyor bo‘lganligi haqida “O‘zbekiston pochtasi” AJni elektron tizim orqali xabardor qilgandan so‘ng “O‘zbekiston pochtasi” AJ ta’lim to‘g‘risidagi hujjat dublikatini vakolatli organ manzilidan ariza beruvchining manziliga besh ish kuni mobaynida yetkazib beradi.

Pochta aloqasi orqali yetkazilgan davlat xizmatlarining natijasi uchun amalga oshiriladigan to‘lovlar ariza beruvchi tomonidan qoplanadi.

 

Yangibozor tumani Adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi hodimi:  Tajimov Maqsad

Мавзуга оид