s
USD: Rub: Eur:
2024-06-25 758

Ma’muriy huququbuzarlikda musodara qilish nima?

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarik to‘g‘risidagi kodeksining 27-moddasiga asosan Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli bo‘lgan ashyoni yoki ma’muriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilish mazkur ashyoni haq to‘lamasdan majburiy tarzda davlat mulkiga o‘tkazishdan iborat bo‘lib, ushbu chora jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi tomonidan qo‘llaniladi. Huquqbuzarning shaxsiy mulki bo‘lmagan ashyo musodara qilinishi mumkin emas, muomaladan chiqarilgan ashyolar bundan mustasno.O‘qotar ov qurolini, pnevmatik ov qurolini hamda uning o‘q-dorilarini, boshqa ov qurollarini musodara qilish asosiy tirikchilik manbai ovchilik bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas.

Musodara qilish chorasini qo‘llanish tartibi ushbu Kodeks va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi.

 

Hazorasp tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Мавзуга оид