s
USD: Rub: Eur:
2024-06-28 897

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Alkogol va tamaki mahsulotlari ulgurji realizasiyatsiga oid shartnomalar soliq organlarida majburiy hisobga qo'yiladi

 Farmonga  muvofiq, 2024-yil 1-oktyabrdan:

 yashirin ishlab chiqarish, aksiz markasiz, raqamli markirovkasiz yoki sifatsiz alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish holatlari aniqlanganda ishlab chiqarish uskunalari davlat foydasiga o'tkaziladi;

 qalbaki aksiz markali, aksiz markasiz, raqamli identifikatsiya vositasi bilan markirovkalanmagan, qalbaki markirovka kodlari bilan markirovkalangan alkogol va tamaki mahsulotlari nazorat qiluvchi organlar tomonidan muomaladan olinadi va ushbu mahsulotlar bilan savdo qilish huquqini beruvchi litsenziya (ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat) belgilangan tartibda bekor qilinadi;

iste'mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ulgurji realizatsiyasiga oid shartnomalar soliq organlarida majburiy hisobga qo'yiladi;

 har yarim yil yakunlari bo'yicha aroq, shuningdek, iste'mol etil spirtidan aroq va likyor-aroq mahsulotlarini ishlab chiqarishda mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish ko'rsatkichi 60 foizdan kam bo'lganda, belgilangan 60 foizning bajarilmagan qismiga aksiz solig'i summasining 50 foizi miqdorida moliyaviy jarima hisoblanadi.

Bunda har yarim yillik yakunlari bo'yicha mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish ko'rsatkichi 60 foizdan ko'p bo'lganda va aksiz solig'i to'liq to'langan taqdirda, undirilgan moliyaviy jarima summalari korxonaga qaytarib beriladi.

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид