s
O‘zbekiston Respublikasining “Istemolchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 4-moddasiga ko‘ra Iste’molchilar quyidagi huquqlarga ega ekanligi ko‘rsatilgan:
tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot olish;
tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli bo‘lishi; tovar (ish, xizmat)ning xavfsiz bo‘lishi;
hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki uchun xavfli nuqsoni bo‘lgan tovar (ish, xizmat), shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning g‘ayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan moddiy ziyon, ma’naviy zararning to‘liq hajmda qoplanishi;
buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlari himoya qilinishini so‘rab sudga, boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat etish;
iste’molchilarning jamoat birlashmalarini tuzish.
Iste’molchilarning ijtimoiy himoyaga muhtojlar toifasiga kiritilgan ayrim guruhlari uchun qonunchilik bilan savdo, maishiy xizmat va xizmat ko‘rsatishning boshqa turlari bo‘yicha imtiyozlar va afzalliklar belgilanishi mumkin.
Hazorasp tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi