s
Shartnomada taraflarning huquq va majburiyati, hisobga olish asboblarini oʼrnatish, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun hisob-kitob qilish va boshqa shartlar kelishib olinadi.
Mazkur qoidalarni buzganliklari uchun tomonlar qonun hujjatlariga muvofiq maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkin.
Shuningdek, tarmoqlarga oʼzboshimchalik bilan ulanish, hisobga olish asboblariga, ularning plombalariga shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining koʼrsatkichlarini oʼzgartirish oʼgʼrilikyoki oz miqdorda talon-toroj qilish sifatida baholanib, javobgarlikka sabab boʼlishi belgilangan.
‼Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Yangiariq tumani Adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti X.Matkarimov