s
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 20.04.2022 yildagi PF-113-son
davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikatsiyalashning mavjud tizim va vositalariga qo‘shimcha ravishda jismoniy shaxsni identifikatsiyalash tizimi.
Mobil-ID tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash bo‘yicha yagona axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanib, shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalashni nazarda tutadi.
Mobil-ID tizimidan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
▪️ OneID tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlarining portal va axborot tizimlariga kirishda foydalanuvchilarning shaxsini tasdiqlash (autentifikatsiya qilish);
▪️ Mobil-ID tizimidan foydalanayotgan foydalanuvchining haqiqiyligini tasdiqlash (verifikatsiya qilish);
▪️ elektron davlat xizmatlaridan foydalanish boʻyicha foydalanuvchilar tomonidan berilgan arizalarni tasdiqlash;
▪️ foydalanuvchi oʻzining shaxsiga doir maʻlumotlarni davlat organlari va tashkilotlari “Elektron hukumat” tizimi orqali olganda bu haqida xabarnomalar qabul qilish;
▪️ foydalanuvchi oʻzining shaxsiga doir maʻlumotlarni davlat organlari va tashkilotlari, xoʻjalik birlashmalari, nodavlat tashkilotlar “Elektron hukumat” tizimi orqali olishi uchun ruxsat berish;
▪️ qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlarda.
Maqola muallifi: Yangibozor tumani Adliya bo‘limi DXM bosh mutaxassisi R.Babadjanov