s
USD: Rub: Eur:
2023-10-31 243

“Huquqiy eksperiment to'g'risida”gi Qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi.

HUQUQIY EKSPERIMENTNI O'TKAZISH JARAYONI TARTIBGA SOLINADI

Qonun loyihasida, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:

▫️Huquqiy eksperiment o'tkazish bilan bog'liq ijtimoiy-huquqiy munosabatlar kompleks tarzda tartibga solinadi;

▫️Huquqiy eksperiment o'tkazish shartlari va davomiylik muddati hamda eksperiment o'tkazish mumkin bo'lmagan sohalar belgilanadi;

▫️Huquqiy eksperimentni o'tkazish, uning natijalarni baholash va rasmiylashtirish tartibga solinadi;

▫️Huquqiy eksperiment tartib-taomillarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanadi.

Shuningdek, huquqiy eksperiment lavozimga tayinlash va ozod etishga, davlat organlari va tashkilotlarining vakolatlarini qisqartirish yoki tugatishga, amnistiya va afv etishga, inson huquq va erkinliklarini cheklaydigan, bekor qiladigan yoki ularning ahvolini og'irlashtiradigan holatlarga nisbatan qo'llanilmasligi belgilanmoqda.

Huquqiy eksperiment qonunchilik hujjati yoki uning normasi samaradorligini alohida olingan hudud va (yoki) shaxslar doirasida ma'lum vaqt oralig'ida sinovdan o'tkazish bilan bog'liq kompleks chora-tadbirlar majmui hisoblanadi.

Ushbu havola orqali loyiha muhokamasida faol ishtirok eting: https://regulation.gov.uz/oz/d/88193

 

Rasulbek Ibragimov

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi

Bosh maslahatchisi

 

Мавзуга оид