s
USD: Rub: Eur:
2023-05-19 746

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYA: DAVLAT OʻZ ZIMMASIGA OLAYOTGAN 10 TA MUHIM IJTIMOIY MAJBURIYAT HAQIDA BILASIZMI

 

BULAR:

1.  Davlat fuqarolarning bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish choralarini koʻradi.
2.  Davlat maktabgacha taʼlim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
3.   Davlat bepul umumiy oʻrta taʼlim va boshlangʻich professional taʼlim olishni kafolatlaydi.
4.  Bolalar uchun inklyuziv taʼlim va tarbiya taʼminlanadi.
5.  Fuqarolar davlat taʼlim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy maʼlumot olishga haqli.
6.  Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini taʼminlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi.
7.  Pensiyalar, nafaqalar va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari eng kam isteʼmol xarajatlaridan oz boʻlishi mumkin emas.
8.   Davlat aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining turmush sifatini oshirishga, jamiyat va davlat hayotida toʻlaqonli ishtirok etishi uchun ularga shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan choralarni koʻradi.
9.  Davlat nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalar obyektlari va xizmatlaridan toʻlaqonli foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
10.   Davlat nogironligi boʻlgan shaxslarning ishga joylashishiga, taʼlim olishiga koʻmaklashadi, ularga zarur boʻlgan axborotni toʻsqinliksiz olish imkoniyatini taʼminlaydi.


Rasulbek IBRAGIMOV
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi
bosh maslahatchisi

Мавзуга оид