s
USD: Rub: Eur:
2024-09-27 631

Uy-joy sotib olish uchun davlat tomonidan qancha subsidiya beriladi?

Prezidentning 30.04.2024 yil kungi PF-70-son Farmoniga asosan, dastur doirasida subsidiyalar to‘lashning oldingi tartibiga quyida o‘zgartirishlar kiritilishi belgilangan:

subsidiyalar ajratish yuzasidan arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2024 yilning 15 mayidan 1 noyabriga qadar qabul qilinadi;

2024 yilgi Dastur doirasida ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 12 foizdan oshgan qismiga 2025 yil va undan keyingi yillar Dasturlari doirasidagi kreditlar bo‘yicha esa – Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshgan qismiga to‘lanadi;

birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 2024 yilgi Dasturdan boshlab qatʼiy belgilangan 30 million so‘m miqdorida to‘lanadi.

Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Мавзуга оид