s
USD: Rub: Eur:
2023-11-15 463

bilasizmi.

Nutqida, eshitish va koʻrishida ogʻir nuqsonlari bor bolalar uchun bogʻcha puli toʻlanmaydi

Quyidagi kasalliklar mavjud bolalar uchun bogʻchalarda ota-onalar toʻlovi undirilmaydi:

1️⃣ nutqidagi ogʻir nuqsonlar (rinolaliya, duduqlik, bolalar afaziyasi);

eshitishdagi ogʻir nuqsonlar (II — IV darajali neyrosensor eshitish pastligi va karlik);

3️⃣ koʻrishdagi ogʻir nuqsonlar (koʻzi ojizlik (amovroz); tugʻma nuqsonlar (mikroftalm, mikrokornea, anoftalm, toʻr pardaning rivojlanishidagi tugʻma nuqsonlar; koʻrish nervining atrofiyasi, koʻrish nervi disk va makulasining ogʻir darajadagi gipoplaziyasi, albinizm, aniridiya, koʻrish oʻtkirligi 0,4 gacha); katarakta (markaziy zonada toʻliq yoki qisman xiralashish, koʻrish oʻtkirligi 0,4 gacha), afakiya (koʻz gavxari yoʻqligi, koʻrish oʻtkirligi 0,4 gacha), koʻz gavxari siljishi (joy oʻzgarishi); glaukoma (tugʻma, ikkilamchi); toʻr pardaning koʻchishi);

4️⃣ tayanch-harakat apparati buzilishi (III va IV darajali skolioz; koʻkrak qafasining III va IV darajali girdobsimon yoki kilsimon deformatsiyasi; artrogripoz; bolalar serebral falaji va boshqa nevrologik patologiyalar oqibatida ortopedik deformatsiyalari; osteomiyelit asoratlari; toʻgʻma maymoqliq (jarrohlik muolajasidan keyingi holat); ortopedik sistem kasalliklari (axondroplaziya, disxondroplaziya, xondrodistrofiya); toʻgʻma son suyak chiqishi (operativ davolashdan keyigi holat);

5️⃣ psixik rivojlanishdagi nuqsonlar (psixik rivojlanishda kechikish, psixik-nutqiy rivojlanishda kechikish, bolalar autizmi);

6️⃣ aqliy rivojlanishdagi nuqsonlar (yengil va oʻrta darajadagi aqliy zaiflik);

7️⃣ murakkab nuqsonlar (rivojlanishda ikki va undan ortiq nuqsonlar mavjudligi).

Xiva tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti

M.Boyjanov

Мавзуга оид