s
USD: Rub: Eur:
2023-12-07 373

О‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan О‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik tо‘g‘risidagi kodeksiga kuyidagi о‘zgartirishlar kiritildi.

1) 53-moddaning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilgan:

«fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan о‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — о‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bо‘ladi»;

2) 109-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilgan:

«Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzganlik, epizootiyalarga qarshi kurashish choralarini kо‘rmaganlik —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bо‘ladi.

Hayvonlarning yuqumli kasalliklari о‘choqlari aniqlanganda cheklovchi tadbirlar (karantin) qoidalarini buzish, shuningdek hayvonlarning bir vaqtning о‘zida ommaviy kasallanishi yoki tо‘satdan nobud bо‘lganligi tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat veterinariya nazorati organlaridan yashirish, ularga xabar bermaslik, —

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.

Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qо‘shimchalarning xavfsizligi normalarini hamda ularni ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish yoki о‘tkazish qoidalarini buzish, —

huquqbuzarlik quroli va ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining о‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi»;

3) 177-modda quyidagi tahrirda bayon etilgan:

«177-modda. О‘zganing tovar belgisidan, xizmat kо‘rsatish belgisidan, geografik kо‘rsatkichidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki adashtirib yuborish darajasida ular bilan о‘xshash bо‘lgan belgilardan shu turdagi tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan qonunga xilof ravishda foydalanish yoxud о‘zganing firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish.

О‘zganing tovar belgisidan, xizmat kо‘rsatish belgisidan, geografik kо‘rsatkichidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki adashtirib yuborish darajasida ular bilan о‘xshash bо‘lgan belgilardan shu turdagi tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan qonunga xilof ravishda foydalanish yoxud о‘zganing firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish, —

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining о‘n besh baravaridan о‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bо‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qо‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bо‘lsa, —

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining о‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bо‘ladi»;

4) 1861-moddaning:

nomidagi «qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish» degan sо‘zlar «qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish» degan sо‘zlar bilan almashtirilishi belgilangan;

dispozitsiyasidagi «qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish» degan sо‘zlar «qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish» degan sо‘zlar bilan almashtirilishi belgilangan.

 

 

Xonqa tumani yuridik xizmat

kо‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti                             D.O.Raximov.

 

Мавзуга оид