s
USD: Rub: Eur:
2024-09-28 454

Qanday hollarda alkagolli mahsulotlarni sotish taqiqlanadi?

Vazirlar Mahkamasining 75-son qaroriga asosan, quyidagi hollarda alkagolli mahsulotlarni sotish taqiqlanadi:

savdo avtomatlari orqali;

bolalar o‘yinchoqlari, konfetlar yoki bolalar assortimenti boshqa tovarlari ko‘rinishida;

sotish joylarida alkogolli ichimliklar 20 yoshga to‘lmagan shaxslarga sotilmasligi, shuningdek alkogolli mahsulotlarning inson sogʼligʼiga salbiy taʼsiri to‘gʼrisidagi ogohlantiruvchi yozuvlar bo‘lmaganda;

alkogolli mahsulot idishida alkogolli mahsulotlarni isteʼmol qilish inson sogʼligʼiga salbiy taʼsir ko‘rsatishi to‘gʼrisidagi matn yoki rasm shaklidagi tibbiy ogohlantirish mavjud bo‘lmaganda, shuningdek, identifikatsiya vositasi bilan majburiy raqamli markirovkalanmaganda;

20 yoshga to‘lmagan shaxslarga.

Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Мавзуга оид