s
USD: Rub: Eur:
2023-11-16 854

Sport maktablariga hujjatlarni qabul qilish boʻyicha reglament tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.11.2023-yildagi “Sport sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 
583-son qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Davlat sport-ta’lim muassasalariga oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish hamda ularning oʻqishini koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti;
  • Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalariga oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish hamda ularning oʻqishini koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti.

Davlat xizmatlari davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali 2023-yil 1-dekabrdan boshlab koʻrsatiladi.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi  tomonidan har yili 1 yanvarga qadar oʻquvchilarning sport ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun hujjatlarini qabul qilish yoki ularni bir sport ta’lim muassasasidan boshqasiga koʻchirish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatiladigan hududlar roʻyxati, qabul muddatlari tasdiqlanadi va oʻz rasmiy saytida e’lon qilinadi.

Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun ariza beruvchidan yigʻim undirilmaydi.

 

Urganch tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuriskonsulti B.R.Yusupov

 

Мавзуга оид