s
USD: Rub: Eur:
2024-03-25 955

Endilikda qishloq xo'jaligi yerlari faqat elektron auksion orqali ijaraga beriladi

2024-yil 1-martdan qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov o'rniga elektron onlayn-auksion savdolari joriy etiladi. Bunda:

 

ijara muddati – 30 yil, boshlang'ich narx – yer uchastkasining normativ qiymati miqdorida belgilanadi;

 

auksion g'oliblariga yer narxini 3 yilga, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro'yxatda turgan  fuqarolarga esa – 5 yilga foizsiz bo'lib-bo'lib to'lashga ruxsat beriladi;

 

auksiondan tushgan mablag'lar xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin tegishli tuman mahalliy byudjetiga o'tkaziladi.

 

➡ 2024-yil 1-martga qadar respublika bo'yicha jami 15 626,8 gektar yer maydoni elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishi nazarda tutilgan. 

 

Manba: “Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni. 

 

Mazkur Farmon Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan.

 

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид