s
USD: Rub: Eur:
2025-03-30 785

Ichimlik suvi taʼminoti xizmatlarini koʻrsatish chegaralari qanday belgilanadi?

Isteʼmolchilarning ehtiyojlari uchun ichimlik suvini yetkazib berilishi va ularning sifati uchun bir qancha talablar qonunchilik bilan belgilangan. Birinchi navbatda ichimlik suvini tayyorlash suv obyektidagi suvning sifati muhim hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining 22.07.2022 yildagi OʻRQ-784-son qonuniga muvofiq, yer usti suv obʼektlaridan olinadigan ichimlik suvini tayyorlashning texnologik bosqichlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

◾️ suv loyqaligini tindirishni;

◾️ suvni sizotlashni hamda zararsizlantirishni;

◾️sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, davlat standartlari talablariga muvofiq ichimlik suvini tayyorlashni (ishlab chiqarishni).

Yer osti suv obyektlaridan olinadigan ichimlik suvini tayyorlashning texnologik bosqichlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

◾️ suvni tortib chiqarishni;

◾️ suvni zararsizlantirishni;

◾️sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, davlat standartlari talablariga muvofiq ichimlik suvini tayyorlashni (ishlab chiqarishni).

Ichimlik suvi tegishli sifat darajasiga ega boʻlgandan soʻng isteʼmolchilarning ehtiyojlari uchun ichimlik suvi taʼminoti tarmoqlari yoki transportda yetkazib berilishi mumkin. Ichimlik suvi taʼminoti tizimlari masofadan maʼlumot uzatuvchi zamonaviy hisobga olish asboblari va manometrlar bilan jihozlanadi hamda ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari tomonidan dispetcherlik xizmatlari orqali boshqariladi. Ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari avariyalar va nosozliklarning oldini olish maqsadida ichimlik suvi taʼminoti tarmoqlari, inshootlari va uskunalarini muntazam ravishda texnik tekshiruvdan oʻtkazadi.

Ushbu qonunga koʻra, ichimlik suvi taʼminoti xizmatlarini koʻrsatish chegaralari suvi taʼminoti tashkiloti ichimlik suvi taʼminoti tarmogʻining isteʼmolchiga tegishli hududga kirgan qismiga (koʻp qavatli uylarning kiruvchi qismiga) qadar javobgar boʻladi va mazkur chegaraga qadar xizmatlar koʻrsatishi belgtlab oʻtilgan. Koʻp kvartirali uyni boshqarish organi ichimlik suvi taʼminoti tarmogʻining koʻp kvartirali uylarga kirgan qismidan to isteʼmolchiga tegishli hududga qadar javobgar boʻladi va unga xizmat koʻrsatilishini taʼminlaydi.

Shuni inobatga olish lozim, isteʼmolchilar oʻziga tegishli hududdagi ichimlik suvi taʼminoti tarmogʻi uchun javobgar boʻladi.

 

Gurlan tuman YXKM boshlig‘i                       E.Raxmatillayev

Мавзуга оид