s
USD: Rub: Eur:
2024-08-29 787

BOQUVCHISINI YO‘QOTGANLIK BO‘YICHA ZIYONNI O‘RNINI QOPLASH MUDDATLARI

Mehnat kodeksining 328-moddasiga asosan, boquvchi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan ziyonning o‘rni ish beruvchi tomonidan quyidagicha qoplanadi: 

-voyaga yetmagan shaxslarga — 18 yoshga to‘lguniga qadar;

18 yoshdan oshgan  o‘quvchilarga — kunduzgi ta’limni tugatguniga, lekin ko‘pi bilan 23 yoshga to‘lguniga qadar;

-55 yoshdan oshgan ayollarga va 60 yoshdan oshgan erkaklarga — umrbod;

-nogironligi bo‘lgan shaxslarga — nogironlik muddatiga;

-marhumning qaramog‘ida bo‘lgan bolalarini, nabiralarini, aka-ukalari va opa-singillarini parvarishlash bilan band bo‘lgan ota-onasidan biriga, eriga (xotiniga) yoki boshqa oila a’zosiga — qaramog‘idagi shaxslar 14 yoshga to‘lguniga qadar.

Мавзуга оид