s
USD: Rub: Eur:
2023-08-21 189

Rasmiy xujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish joriy qilingan.

 

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish;

2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.06.00.00 Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish (shuningdek, 03.02.08.00ga qarang);

3.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]

[TSZ:

1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi;

2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi
732-son qarori Rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlangan.

Mazkur Reglament jismoniy va yuridik shaxslarga vakolatli davlat organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan rasmiy hujjatlarga “Apostille” maxsus shtampini qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish tartibini belgilaydi.

Apostil bilan Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi konvensiyaning 5-moddasiga muvofiq, rasmiy hujjatni imzolagan mansabdor shaxsning imzosi haqiqiyligi, imzolash vakolati mavjudligi hamda hujjatni tasdiqlagan muhr yoki shtamp bosma izi haqiqiyligi tasdiqlanadi.

Oldinlari bu xizmat turidan foydalanuvchilar tegishlilik bo‘yicha vakolatli organlarga murojaat qilishlarida ancha qiyinchiliklarga va byurokratik to‘siqlarga duch kelar edi.

Endilikda rasmiy hujjatga apostil qo‘yish, murojaat etuvchining o‘z xohishiga ko‘ra, mazkur Reglamentga muvofiq an’anaviy tarzda yoki elektron tarzda amalga oshiriladi.

Murojaat etuvchi davlat xizmati olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelgan holda yoki YIDXPda ro‘yxatdan o‘tgan holda o‘zining shaxsiy kabineti orqali vakolatli davlat organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga — ushbu Reglamentga

 muvofiq elektron shakldagi so‘rovnomani to‘ldiradi.

So‘rovnomaga xorijiy davlat — Konvensiya qatnashchisi hududida foydalaniladigan rasmiy hujjat yoki rasmiy bo‘lmagan hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxasi ilova qilinadi.

So‘rovnomani ko‘rib chiqish uchun murojaat etuvchidan bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, yuqorida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

So‘rovnoma rasmiy hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab vakolatli organ tomonidan ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

So‘rovnoma takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.

Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli davlat organlari o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.

Rasmiy xujjatlarga aposil qo‘yish xizmati bo‘yicha Yangibozor tumani Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markaziga joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 6 ta murojjat qabul qilingan va o‘z muddatlarida ijobiy hal qilingan.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ushbu xizmatni masofadan turib ko‘rsatilishi byurokratik to‘siqlarning yo‘qolishiga, tez va sifatli xizmat ko‘rsatilishiga erishiladi. 

Maqola muallifi:

Yangibozor tuman Adliya bo‘limi Davlat xizmatlar markazi bosh mutaxassisi A.Saliyev

 

 

Мавзуга оид