s
9 avgust kuni prezident «Advokatura to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha [O‘RQ-862 sonli] hujjatni imzoladi.
Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, endi advokat bo‘lish uchun 2 yillik ish staji talab etilmaydi. Shu vaqtgacha talabgor litsenziya olish uchun yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lishi shart edi.
Faqat advokatlik tuzilmasida (advokatlik byurosida, advokatlik firmasida, advokatlar hay’atida, yuridik maslahatxonada) kamida 3 oy muddat stajirovka o‘tash kerak. Shuningdek, malaka imtihonini topshirish zarur.
Talabgor advokatlik guvohnomasi berilgan kundan e’tiboran advokat maqomini oladi, Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasi adliya organi tomonidan bu haqda uch kunlik muddatda xabardor qilinadi. Shunday xabarnoma olingan paytdan e’tiboran advokat Advokatlar palatasining a’zosi bo‘ladi.
Shovot tumani Adliya bo‘limi YuXKM
Bosh yuriskonsulti A.Udaboev