s
birinchi qismi, birinchi ish yili uchun har yilgi mehnat ta’tilidan foydalanish huquqi xodimda u ushbu ish beruvchida uzluksiz ishlagan olti oy o‘tganidan keyin yuzaga keladi. Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra xodimga ishlagan olti oy o‘tguniga qadar ham mehnat ta’tili berilishi mumkin.
ikkinchi qismi, birinchi bor tashkil etilgan tashkilotlar uchun xodimlarga birinchi ish yili uchun har yilgi mehnat ta’tili birinchi ish yili tugaguniga qadar ushbu ta’tilni berish sharti bilan olti oy ishlamasidan ilgari yoki undan keyin berilishi mumkin.
Izoh: ushbu band ham barcha xodimlar uchun emas, e’tibor bering bu faqat birinchi bor, ya’ni yangi tashkil etilgan tashkilot xodimlari uchun (bo‘lib yuborilgan yoki qo‘shib yuborilgan tashkilotlar bundan mustasno) qo‘llaniladi va har yilgi mehnat ta’tili birinchi ish yili davomida 6 oy ishlamagan bo‘lsa ham berilishi mumkin (bu ham ish beruvchiga majburiy emas)ligi nazarda tutilmoqda.
to‘rtinchi qism, Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda har yilgi mehnat ta’tili to‘liq davomiylikda va to‘liq haq to‘langan holda beriladi.
Izoh: endi savolda ko‘rsatilgan masalaga yetib keldik, bunda ushbu bandni to‘g‘ri talqin qilishimiz kerak bo‘ladi. Ya’ni, ushbu moddaning 1, 2-qismlarida belgilangan xodimlarga mobodo ish beruvchi rozi bo‘lib mehnat ta’tili berib qolsa va (yoki) 3-qismlaridagi xodimlarga har yildi mehnat ta’tili 6 oy to‘lmasdan turib berilganda ham to‘liq davomiylikda va to‘liq haq to‘lagan holda berish kerak. Faqat, ta’lim tashkilotlari ish beruvchilari ushbu moddaning 6-qismida o‘qituvchilar toifasi uchun har yilgi mehnat ta’tili berish va haq to‘lashning alohida tartibini inobatga olishi o‘rinli bo‘ladi.
E’tibor bering! Ushbu bandda ish beruvchi tomonidan ta’til berilganda xodimning ishlagan davriga mutanosib haq to‘lash masalasi ko‘rsatilmagan va aniq qilib, “to‘liq davomiylikda va to‘liq haq to‘langan holda” deb ko‘rsatilganligi sababli ish beruvchi xodimga ta’til berganda ushbu normani ikkilanmay qo‘llasa bo‘ladi.
Endi ta’til davomiyligi va haq to‘lash masalasi esa 6 oygacha bo‘lgan xolatlarda, agar xodimlarga (pedagoglardan tashqari) ish buruvchi ta’til berishni lozim deb topsa ularga to‘liq davomiylikda va to‘liq haq to‘lagan holatda ta’til berishga yo‘l qo‘yiladi, bunda, xodim bir yil to‘liq ishlamasdan bo‘shab ketish holati yuzaga kelganda, MKning 269-moddasi 2-qismi 6-bandiga asosan (ya’ni, qaysi ish yili hisobiga ta’til olib bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha yil tugaguniga qadar mehnat shartnomasi bekor qilinganda ta’tilning ishlab berilmagan kunlari uchun) xodimning yozma roziligidan qat’i nazar, ish haqidan ushlab qolinadi. XIVA TUMAN YURIDIK XIZMAT KO`RSATISH MARKAZI BOSH YURISKONSULTI M.BOYJONOV