s
USD: Rub: Eur:
2024-03-30 379

Jinoyatga daxldorlik

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 31-moddasiga asosan, Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rilayotganligi, jinoyat sodir etilayotganligi yoki jinoyat sodir etilganligi haqida aniq bila turib, oldindan va’da bermagan holda, hokimiyat organlariga xabar qilmaslik, ushbu Kodeksning 1551 va 241-moddalarida nazarda tutilgan hollardagina javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Jinoyatchini, jinoyat sodir etish quroli va vositalarini, jinoyat izlarini yoki jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narsalarni oldindan va’da bermagan holda yashirganlik ushbu Kodeksning 241-moddasida nazarda tutilgan hollardagina javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Oldindan va’da bermagan holda jinoyat haqida xabar bermaganlik yoki jinoyatni yashirganlik uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining yaqin qarindoshlari javobgarlikka tortilmaydi.

Hazorasp tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид